Roy Rok "Nasaf"dan ketishga yaqin

Narzulla Saydullayev
22 sen 2015, 13:08
Qarshining "Nasaf" klubining sloveniyalik himoyachisi klubni tark etishi mumkin.

Yil boshida "ajdarlar" safiga kelib qo'shilgan futbolchi jamoaning asosiy futbolchisiga aylanib olgandi. Chap qanot himoyasida muntazam o'ynagan Roy Rok davralar oralig'idagi tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'ta olmadi. Shu bois ikkinchi davrada umuman maydonga tushgani yo'q. Ayni paytda Roy Qarshida bo'lib turibdi. Unga o'ynashga ruxsat berishmasa klubdan ketishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Roy Rok birinchi davrada oliy ligada 12ta o'yinda maydonga tushib 1ta gol urishga erishdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia