Rossiya va Iroq o'rtasida javob uchrashuvi ham o'tkazilishi kutilmoqda. Bugungi o'yinni esa o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqaradi

Eldor Akmurzayev
26 mar 2023, 08:05
Bugun, 26 mart kuni Sankt Peterburgda Rossiya va Iroq terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Mazkur bahsni Ahrol Risqullaev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Sanjar Shoyusupov va Alisher Usmonov ko'maklashadi. Zaxira referisi sifatida esa rossiyalik Artyom Lyubimov ko'rsatilgan.

Iroq futbol assotsiatsiya bosh kotibi Muhammad Imadning xabar berishicha, ikkala terma o'rtasida javob uchrashuvi ham o'tishi mumkin.

“Ehtimol, Rossiya termasi javob o'yini uchun Iroqqa uchib kelar. Federatsiyalarimiz do'stona aloqani yo'lga qo'ygan, muzokara olib bormoqdamiz va biznikiga kelishingizdan umidvormiz!”, degan matbuot kotibi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football24.ru