

Yangi liboslar Adidas kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo'lib, qizil rangda bo'ladi. Libosning yoqasi oq rangda, englarida esa davlat bayrog'idagi ranglar ketma-ketligi tartibida chiziqlar joylashtirilgan. Darvozabonlar liboslariga o'zgartirish kiritilmagan. Taqdimot marosimida Rossiya terma jamoasi a'zolari Marinato Gilerme, Rifat Jemaletdinov, Vladislav Ignatev, Zelimxan Bakaev va Aleksey Miranchuklar qatnashishgan.




