Rossiya futbolchilari unvon bilan taqdirlanadi

Aziz Tukhtamuradov
3 iyul 2018, 00:02
Rossiya terma jamoasi futbolchilariga davlat mukofotlari topshiriladi.

Rossiya Federatsiyasi sport vazirligi buyrug'iga binoan terma jamoa futbolchilari “Rossiyada xizmat ko'rsatgan sport ustasi” unvoni bilan taqdirlanishadi. 

Unvonlarni rasmiy topshirish marosimi 4 iyul kuni Rossiya terma jamoasi joylashgan Novogordskdagi bazada bo'lib o'tadi. Mukofotni sport vaziri Pavel Kolobkov topshiradi. Nimchorak finalda Ispaniyani penaltilar seriyasida mag'lub etgan JCH-2018 mezbonlari 1/4 finalda Xorvatiyaga qarshi maydonga tushishadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif