Ronalduning "Vest Xem"ga qarshi o'yinda qatnashishi so'roq ostida turibdi

Mirjalol Normatov
22 yanv 2022, 00:49
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu APLning 23-turi doirasida "Vest Xem"ga qarshi o'yinda qatnashishi so'roq ostida turibdi.

"Ronalduning bo'yin qismida muammo bor. Shu sababli uning maydonga tushishi hali aniq emas.

Kecha u 2-3 soat mobaynida davolanish kursida bo'ldi. O'yin kuni uning holatiga baho bergan holda qaror chiqaramiz", - dedi Ralf Rangnik.

36 yoshli portugaliyalik futbolchi ushbu mavsum APLning 17 o'yinida qatnashib, 8 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal