Ronaldu tavakkal qilmoqchi emas va "Selta"ga qarshi o'ynamaydi

Aslanov Jasurbek
24 avg 2016, 18:14
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Selta"ga qarshi Ispaniya Chempionatining 2-tur uchrashuvida (27 avgust) maydonga tushmaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Portugaliya terma jamoasi futbolchisi tavakkal qilmoqchi emas va 10 sentyabr kuni safga qaytmoqchi. Bu kuni "Real" "Osasuna"ga qarshi o'ynaydi.

Ronaldu hozircha individual programma bo'yicha ishlamoqda va tez orada umumiy guruhga qo'shiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS