Ronaldu: "Real" ruxan kuchli. Oldinda g'alaba qozonish kerak bo'lgan ko'plab bahslar kutmoqda"

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2018, 20:11
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu so'nggi uchrashuvlarda yaxshi o'yin ko'rsata olmayotgan jamoasini ruxan qo'llashga qaror qildi.

Oldinroq, madridliklar "Leganes"ga Ispaniya Kubogi bahsida mag'lub bo'lib (1:2), turnirdan chiqib ketishdi.

"Jamoa ruxan kuchli. Oldinda ko'plab o'yinlarimiz bor, ularda g'alaba qozonishimiz kerak" - deydi Ronaldu.

"Real" 27 yanvar kuni LaLiganing 21-tur uchrashuvlari doirasida "Valensiya" mehmoni bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com