Ronaldu og'ir ruxiy holatdami? Zidan bu haqda ma'lumot berdi

Aslanov Jasurbek
21 sen 2017, 10:39
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu og'ir ruxiy holatda ekanligi haqidagi ma'lumotni rad etdi.

"Betis"ga qarshi LaLiganing 5-tur uchrashuvidan (0:1) so'ng, Zidanga Ronaldu asabiylashayotgani haqida savol berildi.

"Bunday emas. Aksincha, Ronaldu biz bilan ekanligidan mamnunmiz, u ham xuddi shunday" - deydi Zidan.

"Qirollik klubi" o'z maydonida 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Ronaldu uchrashuvda to'liq 90 daqiqa ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca