

"Jamoa vaziyatni o'nglay oladi. Buni qanday qilishni mendan so'ramang, chunki men murabbiy yoki prezident emas, futbolchiman. Buning yo'lini bilaman, biroq uni bu yerda aytmayman, chunki bu men tomonimdan noto'g'ri harakat bo'ladi.
Men "Manchester Yunayted"da o'ynashni va ettinchi, oltinchi yoki beshinchi o'rin uchun kurashishni istamayman. Men bu erga sovrinlar uchun kurashish va zafar quchish uchun kelganman. Qiyin vaziyatdan chiqib ketish uchun futbolchilar o'zlarini o'zgartirishi kerak va tinmay mehnat qilishi talab qilinadi. Ammo jamoa uzoq yo'lni bosib o'tishi zarur.



