Ronaldu kelganidan so'ng "Yuventus" yana bir sohada o'sishga erishdi

Aslanov Jasurbek
12 iyul 2018, 17:09
10 iyul kuni Krishtianu Ronaldu "Yuventus" futbolchisiga aylangani haqida rasmiy xabar e'lon qilindi.

"Keksa sinora" portugaliyalik hujumchi transferi uchun 112 mln. evro sarflaydigan bo'ldi.

Ushbu transfer amalga oshishidan 2 kun o'tib, turinliklar ijtimoiy tarmoqlarda katta o'sishga erishdi. 48 soat ichida klubning sahifalaridagi obunachilari soni keskin oshdi. 10-12 iyul kunlarida "Yuventus"ning "Instagram"dagi o'quvchilari soni 1,4 mln. kishiga ko'paydi.

Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ga o'tganidan so'ng "Yuventus" ijtimoiy tarmoqlaridagi o'sish
Ijtimoiy tarmoqlarYangi o'quvchilar soni
Instagram1,4 mln. 
Tvitter1,1 mln.
Feysbuk500 ming

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: B/R Football