Ronaldu diskvalifikaciyadan qutulib qoldi

21 mar 2019, 21:10
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu YCHL doirasida “Atletiko”ga (3:0) qarshi bellashuvda nosportcha hatti-harakati uchun diskvalifikaciya qilinmaydigan bo'ldi.

34 yoshli portugaliyalik futbolchi madridliklar darvozasiga uchinchi golni kiritgach, pley offning birinchi bellashuvida madridliklar ustozi Diego Simone singari nosportcha hatti-harakatlari bilan nishonladi.

UEFA tartib-intizom qo'mitasi ushbu harakati uchun futbolchini diskvalifikaciya qilmaydigan bo'ldi. Ammo Simone singari “Yuve” hujumchisi ham 20 ming evro jarimaga tortildi.

Shu tariqa Ronaldu YCHL ¼ finalida “Ayaks”ga qarshi bellashuvda maydonga tushadigan bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: УЕФА расмий сайти