Ronaldu "Ayaks"ga qarshi ilk o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Mirjalol Normatov
30 mar 2019, 01:51
Hujumchi Krishtianu Ronalduning YCHL 1/4 finali doirasidagi "Ayaks" - "Yuventus" uchrashuvida qatnashish extimoli juda past.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, 34 yoshli futbolchi 10 aprelga qadar tuzalishiga klub shifokorlari ishonishmayapti. Ronaldu "Empoli" (30 mart), "Kalyari" (2 aprel) va "Milan" (6 aprel)ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuborishi aniq bo'lib ulgurgan.

Krishtianu Evro-2020 saralashi doirasida Serbiyaga qarshi o'yinda jarohatlangandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta Dello Sport