Ronaldu 104-golini urdi. Jahon rekordiga oz qoldi

Aziz Tukhtamuradov
10 iyun 2021, 08:26
Portugaliya terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Isroilni yirik hisobda mag'lub etdi (4:0).

Mezbonlarning ikkinchi goliga hujumchi Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi. U Portugaliyadagi so'nggi 42 ta o'yinida 43 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan. 

Umumiy hisobda Ronaldu terma jamoa safida 104 ta gol urgan. Terma jamoalarda gol urish bo'yicha Eron terma jamoasining sobiq a'zosi Ali Dai rekordchi hisoblanadi (109 ta gol). 

Ronaldu yana 5 ta goldan so'ng jahon rekordini takrorlaydi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/FIFAcom