Ronaldu 1000 ta gol ura olishi haqidagi savolga javob qaytardi

Aziz Tukhtamuradov
14 okt 2023, 09:28
"Al Nassr"ning portugaliyalik futbolchisi Krishtianu Ronaldu o'z rejalari haqida gapirdi.

"Kecha "Portu" prezidenti Pintu da Koshta bilan gaplashdik va u mendan 1000 ta gol ura olishim haqida so'radi. Ammo 1000 ta golgacha men avval 900 ta golga erishishim kerak. 900 tani uddalay olishimga ishonaman, 1000 ta gol uchun esa ko'p narsani engib o'tishimga to'g'ri keladi. 

Tanam yuklamalarga yaxshi bardosh bermoqda. Klubda ham, terma jamoada ham jon deb gollar uryapman", - dedi Ronaldu. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Record