Ronaldinyo “Krasnodar” akademiyasiga tashrif buyurdi
18 may 2018, 22:50
Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ronaldinyo “Krasnodar” futbol klubi akademiyasiga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda klubning rasmiy Tvitteri.
“Akademiyamizga bugun supermehmon tashrif buyurdi. Videoguruhimizi va fotograflarimiz u bilan birgalikda turli lavhalarni suratga olishmoqda. Foto va video lavhalarni sabrsizlik bilan kutib qolamiz”, deyiladi klub tomonidan tarqatilgan xabarda.