Romelu Lukaku: "Mart oyida Sulsherga MYUdan ketishni istayotganimni aytganman"

16 noya 2019, 19:15
"Inter" forvardi Romelu Lukaku "Manchester Yunayted"ni tark etishga qachon qaror qabul qilganini aytib o'tdi.

"Sulsherga bo'lgan hurmatim cheksiz. Mart oyida Angliyadan ketish vaqtim kelganini aytganimda, u hammasini tushundi. Men APLga 18 yoshli o'smir bo'lib kelganman va hozir 26 yoshdaman. Sulsher qolishimni istayotgandi, lekin men yangilik uchun tayyor edim", – deydi Lukaku. 

Belgiyalik hujumchi A Seriyaning 12 ta o'yinida 9 ta gol urdi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: hbvl.be