“Roma“ni boshqarish uchun ikkita asosiy nomzod bor

Khoja
13 may 2025, 08:24
Yozda murabbiylik faoliyatini yakunlashini e'lon qilgan Klaudio Ranerining o'rniga “Roma“ murabbiy izlashda davom etmoqda.

Fotball Italia nashri xabar berishicha, rimliklar Jan-Pero Gasperini va Sesk Fabregas nomzodlaridan birini tanlashi lozim. Aynan ushbu ikki murabbiy Rim jamoasini boshqarishga asosiy nomzod bo'lib turibdi.

Ma'lumot uchun, Fabregas ayni vaqtda “Komo“ ustozi hisoblanadi. Gasperini esa “Atalanta“da ishlamoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Football Italia