"Roma"ni bir qator yetakchilar tark etadi. Klub xarajatlarni kamaytirmoqchi

17 noya 2019, 23:10
Bu haqida Corriere dello Sport nashri ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga qaraganda, Rimning "Roma" klubi himoyachi Juan Jesus va yarim himoyachi Diego Perottilarni transferga qo'yishga qaror qilgan. Rimliklar klubning moliyaviy qiyinchilikka tushib qolishidan xavotirdalar. Shuningdek, jamoa sardori Alessandro Florenci ham klubni tark etishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, rimliklar A Seriyaning ortda qolgan 12 turidan keyin 22 ochko bilan musobaqa jadvalining 6-pog'onasida bormoqdalar.

O'xshash yangiliklar


Manba: Corriere dello Sport