

Xabaringiz bor, o'tgan haftada Davide Astorining vafoti tufayli 27-tur o'yinlari qoldirilgan edi. Kechagi bahs oldidan futbolchilar uning xotirasi uchun bir daqiqalik sukut saqlashdi. E'tiborlisi ikkala jamoa a'zolari va hakamlar birgalikda turib 1 daqiqa sukut qilishdi.




