"Milan" "Torino" futbolchisini sotib oladi

Mirjalol Normatov
28 iyun 2025, 19:35
Samuele Richchi "Milan"ga o'tadi.

"Rossoneri" "Torino" bilan futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgan. 23 yoshli xavbek uchun "Milan" Turin klubiga 23+2 mln evro to'laydi.

Tomonlar transfer ishlarini kelasi haftada yakunlaydi. Richchi tez orada "Milan"ga borib qo'shiladi.

Yakunlangan mavsumda Richchi A Seriyada 34 o'yinda 1tadan gol va assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano