"Roma" Pellegrini bilan shartnomani 2025 yilga qadar uzaytirmoqchi

Alisher
16 iyun 2021, 11:48
"Roma" yarim himoyachisi Lorenco Pellegrini klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, Rim klubi rahbariyati 24 yoshli italiyalikni saqlab qolmoqchi va unga 3 million evrolik 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, tomonlar o'rtasidagi amaldagi bitim 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Pellegrini 2020/21 yilgi mavsum 47ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 9ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira