"Roma" o'z stadionida vakcinaciya markazini ochdi

Sherzod Nurmatov
23 sen 2021
Bu haqda rimliklar matbuot xizmati xabar berdi.

"Roma" "Olimpiko" stadionida ko'chma emlash punktini ochdi va emlanadiganlar uchun akciya e'lon qildi.

Chorshanba va payshanba kunlari (22 va 23 sentyabr) Rim aholisi koronavirusga qarshi Moderna vakcinasining birinchi yoki ikkinchi dozasini olish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Hozirgi kunda stadionda shifokorlar, hamshiralar va mamuriy xodimlardan iborat jamoalar ishlamoqda.

Qayd etilishicha, vakcina bilan emlanuvchi "Roma" muxlislari jamoaning navbatdagi uy uchrashuvi chiptasi xaridi uchun chegirmaga ega bo'lishadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: asroma.com