“Roma” klubning sport direktori bilan shartnomani uzaytirmoqchi

18 noya 2013, 08:30
“Roma” klubining sport direktori Valter Sabatiniga yaqin kunlarda yangi shartnoma taklif etiladi.

“Bo'rilar” prezidenti Jeyms Pallotta, 58 yoshli menejer bidan shartnomani dekabr oyida uzaytirmoqchi, deb xabar beradi Sport Italia muxbiri Alfredo Pedulla.

“Roma” rahbariyati Sabatinining “Inter”ga kyetib qolishini oldini olish maqsadida shunday qarorga kelgan. Chunki “Inter”ning yangi xo'jayini Erik Toxir mutaxassisni o'z klubiga taklif etgan edi.


Manba: sports.ru