

Italiya klubi o'tgan yozda shveytsariyalik bilan kelishuv tuzishga yaqin kelgandi, ammo yakunda Jaka "kanonirlar" bilan yangi shartnoma imzolagan edi.
Xabarga ko'ra, "Roma" va Granit vakillari o'rtasida yangi muzokaralar bo'lmagan, biroq futbolchi shu yozda taklif tushsa, Italiyaga ko'chib o'tishga tayyor.
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Jakaning ashaddiy muxlisi va u o'yinchining A Seriyaning boshqa yetakchi jamoalaridan keyin o'rin olgan jamoaga ruhiy mustahkamlik qo'shishiga ishonadi.
"Arsenal"ning boshqa bir a'zosi Eynsli Meytlend-Naylz allaqachon rimliklar safida to'p tepmoqda. U mavsum oxirigacha "Roma"da ijarada o'ynaydi, yozda esa klubning doimiy futbolchisiga aylanishi mumkin.



