"Roma" futbolchisi "Milan" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi

Mirjalol Normatov
20 avg 2021, 23:50
"Roma" himoyachisi Alessandro Florenci "Milan"ga o'tishga yaqin turibdi.

"football-italia.net" xabariga ko'ra, 30 yoshli futbolchi klub uchun tibbiy ko'rikdan o'tib bo'lgan. Italiyalik himoyachi sotib olish sharti bilan bir yil davomida ijarada o'ynaydi.

Florenci o'tgan ikki mavsumni ijara asosida "Valensiya" hamda PSJ tarkibida o'tkazdi. O'tgan mavsumda u Fransiya chempionatida 21 o'yinda qatnashib, 2 gol va 1 assistni hisobiga yozdirib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: football-italia.net