"Roma" Fabiu Koentrau borasida "Real" bilan muzokaralarni boshladi

Aslanov Jasurbek
5 avg 2015, 11:41
"Roma" rahbariyati himoyachi Fabiu Koentrau borasida "Real"ga rasmiy so'rov yubordi.

Ma'lum qilishlaricha, Portugaliya terma jamoasi futbolchisi rimliklarning yozgi transfer oynasidagi so'nggi xaridi bo'ladi. Tez kunlarda "bo'rilar" "Manchester Siti" hujumchisi Edin Jekoni xarid qilgani haqida ma'lum qiladi.

"Roma" natijalarga qarab xarid qilish huquqi bilan Koentrauni ijaraga olmoqchi. Ammo "Real" futbolchini aniq xarid qilish sharti bilan ijaraga bermoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com