"Roma" Di Franchesko o'rniga kelishi mumkin bo'lgan murabbiylar murabbiylar nomini aniqlashtirib oldi

Aslanov Jasurbek
24 sen 2018, 17:29
"Roma" bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko mavsum startidagi muvaffaqiyatsiz natijalari tufayli klubni tark etishi mumkin.

Rim klubi rahbariyati va "Roma" prezidenti Jeyms Pallottaning shaxsan o'zi mutaxassisning iste'fosini ko'rib chiqmoqda. Di Franchesko o'rnini egallash mumkin bo'lganlar safida Antonio Konte, Loran Blan va Vinchenco Montella bor.

Biroq "Roma" bosh murabbiyi uchun asosiy nomzod "Tyanczin Cyuanczyan" ustozi Paulu Souza. Mutaxassis "Fiorentina"dagi ishi bilan Italiya futboli bilan tanish va rimliklar bosslari fikricha, u Di Francheskoga munosib o'rinbosar bo'ladi. Ayni damda Souza va uning agenti Xitoy klubi bilan shartnomani bekor qilishni ko'rib chiqmoqda.

A Seriya turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ITASportPress