Rasman: Di Franchesko - "Sampdoriya" bosh murabbiyi

Alisher
22 iyun 2019
Eusebio Di Franchesko "Sampdoriya" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

"Sampdoriya"ning oldingi bosh murabbiyi Marko Jampaolo bo'lgan edi. U yaqinda "Milan"ni qabul qilib oldi.

Di Franchesko Genuya klubi bilan 2022 yil yozigacha amal qiladigan shartnomaga imzo chekdi.

Uning so'nggi ish joyi "Roma" bo'lgan edi. U A Seriyada "Lechche" va "Sassuolo" klublarida ham ishlagan.



AlisherMuallif
Manba: twitter.com/sampdoria