Rasman: "Roma" bosh murabbiysiz qoldi

Mirjalol Normatov
7 mar 2019, 22:32
Eusebio Di Franchesko "Roma" bosh murabbiyligidan ozod etildi.

"Eusebioga minnatdorchilik bildiraman. U har doim o'z ishiga professional tarzda yondashdi. Uning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz", - dedi klub prezidenti Jeyms Pallotta.

Mutaxassis 2017 yilda "Roma" boshqaruvini o'z qo'liga olgandi. Uning qo'l ostida jamoa kecha "Portu"ga mag'lub bo'ldi va YCHLni tark etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: asroma.it