"Roma" Adidas bilan rekord darajadagi shartnoma imzolaydi

Оқил Абдубарноев
22 iyul 2022, 21:43
"Roma" o'z tarixidagi eng yirik homiylik shartnomasini imzolaydi. Bu haqda Il Tempo xabar berdi.

"Roma"ning yangi texnik homiysi Adidas bo'lishi kutilmoqda. Tomonlar 2023/2024 yilgi mavsumdan hamkorlikni boshlaydi. Manbaning xabariga ko'ra, "Roma" Italiyada ikkinchi yirik homiylik shartnomasiga ega bo'ladi. Avvalroq faqatgina "Yuventus" shunday kelishuvga erishgan (8 yil ichida 408 million evro oladi).

Qayd etish joiz, "Roma" 2022/2023 yilgi mavsumni New Balance tomonidan ishlab chiqarilgan ekipirovkalarda o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Il Tempo