"Roma" 11-transferini ham amalga oshirmoqchi

Mirjalol Normatov
15 iyul 2018, 16:39
"Roma" o'zining yozgi transferlar oynasi vaqtidagi kampaniyasini deyarli yakunlab bo'ldi.

"Corriere dello Sport" xabarisha ko'ra, jamoa bosh murabbiyi Eusebio Di Francheski "Roma" sport direktori Monchidan yana bir transferni amalga oshirishni so'ragan. Gap "Sassuolo" vingeri Domeniko Berardi haqida ketmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Roma" yozda 10 nafar futbolchini transfer qildi. Berardning narxi esa 40-50 mln evro atrofida baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport