Berardi "Sassuolo" bilan shartnomani 2027 yilgacha uzaytirdi. Unga "Milan" va "Liverpul" qiziqish bildirgandi

Alisher
18 avg 2022, 15:40
"Sassuolo" hujumchisi Domeniko Berardi klub bilan 2027 yilga qadar shartnomani uzaytirdi.

28 yoshli italiyalikning oldingi bitimi 2 yilga mo'ljallangan edi.

Berardi 2012 yildan beri "Sassuolo"da o'ynaydi va 327ta o'yinda maydonga tushib, 121ta gol va 8ta assist qayd etgan. O'yinchi Italiya terma jamoasida 24ta o'yinda 6ta gol urishga erishgan.

Mavsumlar oralig'ida unga "Milan" va "Liverpul" qiziqish bildirgandi.

Berardi yangi mavsum oldidan 10-raqamni oldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sassuolocalcio.it