Berardi jamoasini o'zgartiradi

Mirjalol Normatov
22 noya 2021, 23:57
"Sassuolo" hujumchisi Domeniko Berardi "Fiorentina"ga o'tadi.

Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, klublar 27 yoshli forvardning transferi borasida kelishuvga erishgan. "Sassuolo" transfyerdan 30 million evro ishlab oladi. Forvard klubi bilan 2026 yil yozigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.

Berardi ushbu mavsumda A Seriyada 11 o'yinda 6 gol hamda 4 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira