Robbi Fauler Avstraliya klubini boshqaradi

Xayrulla Xoliqov
23 apr 2019
Ingliz futboli tarixidagi mohir hujumchilardan biri Robbi Fauler Avstraliyada ish boshladi.

U Avstraliya A ligasi vakili "Brisben Roar" bosh murabbiyi etib tayinlandi. Ushbu yangilikni klub matbuot xizmati ham tasdiqladi va Fauler bilan ikki yillik shartnoma tuzilganini ma'lum qildi. 

Shuni aytish lozim, 44 yoshli murabbiy futbolchilik davrida Angliya Kubogi, UEFA Kubogi hamda UEFA Superkubogi kabi musobaqalarda g'olib chiqqan. Robbi Fauler bungacha "Liverpul" futbol akademiyasida ishlab kelayotgandi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com