“Liverpul” sobiq forvardi: “Ronalduning hech qanday aybi yo'q”

Eldor Akmurzayev
18 iyul 2022
Angliya TJ sobiq a'zosi Robbi Fauler Krishtianu Ronalduning MYUdagi faoliyatiga to'xtaldi.

“Ronalduning ashaddiy muxlisiman.

Biroq, hozir u “Manchester Yunayted” kabi alanga ichida qolgan va buni adolatsizlik deb hisoblayman. Ronaldu “Old Trafford”ga qaytganida, APLda 2-o'rinni egallagan jamoadan yaxshi mavsum o'tkazishini o'ylagandi. Bunga javoban esa Krishtianu gollar urardi.

U buni uddaladi, 24 ta goli bilan to'purar bo'ldi va kelishuvni amalga oshirdi. MYUning muvaffaqiyatsizlikka uchrashida u aybdor emas, garcha bazilar bunday hisoblamayotgan bo'lsa ham.

Bizga u pressing qilmasligi, orqaga qaytmasligi va qiyinchiliklar tug'dirishi haqida aytishgan. Uni tanqid qilishdi. Biroq, bu Ronalduning uslubi emas, 37 yoshida bunday o'ynashi ham mumkin emas.

U o'ziga topshirilgan vazifani uddaladi – gol urdi. Atrofdagi muhit uni tushkunlikka tushirdi va Chempionlar ligasida o'ynashni xohlayotgan bo'lsa, uni tanqid qilmasdim.

Uni Yevropa ligasida qatnashish ishtiyoq yo'qligida ham ayblab bo'lmaydi. U bu musobaqaga to'g'ri kelmaydi”, deydi Fauler.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mirror