Rivaldo bu yilgi Oltin To'pga kim haqli ekanligi haqida fikr bildirdi

Eldor Akmurzayev
29 iyun 2019, 00:50
Braziliyalik sobiq futbolchi Rivaldo mavsum yakunlariga ko'ra FranceFootball nashri tomonidan dunyoning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan Oltin To'p sovriniga kim munosib ekanligini aytdi.

“Chin dildan ishonamanki, Messi Oltin To'pni qo'lga kiritish uchun barcha narsa qildi. Bu individual sovrin haqida gap ketmoqda. Van Deyk? Savol berib ko'rish kerak, u Liverpulning himoyasida Messi Barselona hujumidagidek jozibador harakat qildimi. Har qanday holatda ham Leo Kopa Amerika-2019da zafar quchadigan bo'lsa, Oltin To'pni qo'lga kiritish uchun katta impuls bo'ladi”, – deydi Rivaldo.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo