Renatu Sanshesh Portugaliya terma jamoasi yig'iniga bormaydi

31 avg 2016, 23:55
Portugaliya terma jamoasi bilan Yevropa chempioniga aylangan Renatu Sanshesh jarohati bois yig'inni o'tkazib yuboradigan bo'ldi.


"Bavariya" klubiga o'tgan 19 yoshli istedod sohibi hali jarohatidan to'liq forig' bo'lmagan. Portugaliya terma jamoasidan chaqiruv olgan Renatu Sanshesh bu safargi yig'inda qatnasha olmasligi oydinlashdi. Shifokorlar unga buni taqiqlab qo'yishdi.
Sanshesh oyoq mushaklarida og'riq sezayotgani sababli hali safga qaytishga tayyor emas. Portugaliya futbol ittifoqi futbolchining holatini to'g'ri tushundi va Sansheshga tiklanish uchun imkoniyat berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: fcbayern.de