

22 yoshli hujumchining oldingi bitimi 2016 yilning yozida yakuniga yetishi kerak edi, yangisi 2021 yilgacha imzolandi. Ma'lumotlarga ko'ra, Dias bilan shartnoma "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan talabiga ko'ra uzaytirildi. Tahminlarga ko'ra, Mariano 2016/17 mavsumda "Qirollik klubi"ning asosiy tarkibiga jalb qilinadi.
Barselonada tug'ilgan Dominikan Respublikasi hujmchisi, 2011 yilda "Real"ga o'tgan.



