"Real" Yovichni "Fiorentina"ga ijaraga berishi mumkin

Alisher
22 iyun 2022, 12:44
"Fiorentina" "Real" bilan hujumchi Luka Yovichning ijarasi borasida muzokaralar olib bormoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, Madrid klubi 24 yoshli serbning yarim maoshini to'lashga tayyor.

Qayd etish kerakki, hujumchi italyan klubida o'tishga rozilik bildirdi.

Yovich o'tgan mavsum madridliklar safida barcha musobaqalarda 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira