"Real" yangi hujumchi topmaguncha Moratani qo'yib yubormoqchi emas

Aziz Tukhtamuradov
13 iyun 2014, 20:27
"Real" hujumchisi Alvaro Morata kelasi mavsumni boshqa jamoa safida boshlashi deyarli aniq bo'lib ulgurdi. Lekin...

"Real" futbolchining ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun boshqa klubga sotib yuborishga rozi. Morataning o'zi ham jamoasini tezroq o'zgartirishga qarshi emas.

Lekin, "Real" yangi hujumchi topmaguncha Moratani boshqa jamoaga qo'yib yubormoqchi emas.

Morata bu mavsumda "Real" safida 996 daqiqa maydonda harakat qilib, 9 gol muallifiga aylanishga ulgurgan.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru