

Italiya matbuoti "Atalanta" hujumchisi Rasmus Xoylunn Madrid klubining radariga tushib qolgani haqida xabar bermoqda. Daniyalik futbolchiga "Napoli" ham qiziqish bildirmoqda.
Karim Benzema hozirda "Real Madrid"ning asosiy o'yinchilaridan biri. Biroq so'nggi paytlarda 2022 yilgi "Oltin to'p" sohibi ko'proq jarohatlarni davolash bilan band va har doim ham Karlo Anchelotti ixtiyorida emas.
"Real" uzoq vaqtdan beri Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolash orqali hujumni kuchaytirmoqchi edi. Biroq yakunda fransiyalik futbolchi PSJda qoldi, Madridning yana bir transfer maqsadi Erling Holand esa "Manchester Siti"ga o'tdi.
"Il Corriere del Mezzogiorno" xabariga ko'ra, "Real" A Seriyadan futbolchi sotib olishi mumkin. 20 yoshli daniyalik futbolchi joriy mavsumdan boshlab "Atalanta"da o'ynamoqda.
To'purar Italiyada tobora kuchayib boryapti. U ushbu mavsum A Seriyada 17 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Unga ancha kuchli klublarning skautlari e'tibor qaratdi.
Xoylunnga "Real"dan tashqari "Napoli" ham qiziqmoqda. Agar "adzurri" yozda o'zining eng yaxshi to'purari Viktor Osimxenni sotishga qaror qilsa, yangi hujumchi kerak bo'ladi.



