"Real" va "Fenerbaxche" Gyulerning transferi bo'yicha kelishib oldi, u bugun Madridga boradi

Aziz Tukhtamuradov
6 iyul 2023, 08:08
"Real" va "Fenerbaxche" Arda Gyulerning transferi borasida kelishuvga erishdi.

A Spor'ning ma'lum qilishicha, 18 yoshli yarim himoyachining transferi "Real" uchun 20 million evroga tushadi. Yana 10 millionni madridliklar bonus sifatida to'lashlari mumkin bo'ladi. 

Gyulerning tovon puli 17,5 million evro. Bundan tashqari, "Fenerbaxche" uning keyingi transferidan 20 foiz pul oladi. 

Gyuler "Real" bilan shartnoma imzolash uchun bugun Madridga yetib borishi kutilmoqda. 

Avvalroq, futbolchiga "Barselona" tomonidan ham qiziqish bildirilgandi. Ammo yakunda u "Real" variantini tanladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: A Spor