"Real" sobiq posboni "Liverpul"ga o'tadimi?

Aslanov Jasurbek
23 may 2017, 13:50
"Real" sobiq darvozaboni, hozirda "Portu" sharafini himoya qilayotgan Iker Kasilyas "Liverpul" safiga o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Portugaliya klubi bilan shartnomasi 2017 yilning iyun oyida yakuniga etadigan posbon, "Portu"ni tark etishga yaqin turibdi. Biroq ispaniyalik faqat ingliz klubidan taklif olgani yo'q. Uning xizmatlariga turk, Xitoy va Qatar klublari qiziqish bildirmoqda, ammo Kasilyas kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etmoqchi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS