"Real" sobiq futbolchisi Eden Azar PSJga o'tishi mumkin edi

Alisher Ostonov
9 avg 2025, 21:37
"Chelsi", "Real" va Belgiya terma jamoasining sobiq qanot hujumchisi Eden Azar oldinroq "Pari Sen-Jermen"ga o'tishi mumkin bo'lganini aytdi.

"PSJ [men bilan bitim tuzishga] harakat qildi, doim Nassir [Al Helayfi] ("Pari Sen-Jermen" prezidenti). "Lill"dagi so'nggi mavsumimda PSJ o'yinlaridan biriga tashrif buyurdim, menga Parij yoqardi. Ammo, men Liga 1da qolishni istamadim. Men "Lill"da nom qozonganman, bu klubga bo'lgan hurmatim tufayli unga qarshi o'ynab, gollar ura olmasdim. Bu noto'g'ri bo'lardi", - dedi Azar.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: tribalfootball.com