"Real" sardori 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va "El Klasiko"ni o'tkazib yuboradi

Omonjon To`xtamirzayev
4 okt 2023, 17:58
"Real" himoyachisi Nacho uch o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Futbolchi "Jirona"ga qarshi o'yinda raqib jamoa vingeri Portuga nisbatan keskin "podkati" uchun qizil kartochka olgandi.

Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) "jabrlanuvchining imkoniyatlarini cheklashi mumkin bo'lgan xavfli o'yin" tufayli sankciya qo'llanilganini ma'lum qildi. Bundan tashqari "Real"ga 1050 evro jarima, futbolchining o'zi esa 600 evroga jarima to'lashi zarur.

Shunday qilib, madridliklar sardori "Osasuna", "Sevilya" va 28 oktyabr kuni "Barselona" bilan "El Klasiko"ni o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: realmadrid.com