"Real" Rodrigoning maoshi va tovon pulini oshiradi

Mirjalol Normatov
5 iyul 2022
"Real" rahbariyati 21 yoshli futbolchi Rodrigo bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi.

Ayni kelishuv 2025 yil yozigacha mo'ljallangan. Yangi shartnoma esa 2028 yil yozida yakunlanadi. Tomonlar shartnoma shartlarini kelishib olishgan, kelasi haftada buni imzolash marosimi o'tkazilishi kutilmoqda. Yangi shartnomada futbolchining maoshi oshiriladi va tovon puli 1 milliard evro qilib belgilanadi.

O'tgan mavsumda braziliyalik futbolchi "Real" tarkibida 49 o'yinda qatnashib, 9 gol va 9 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal