

Madrid klubi forvardni qo'lga kiritish uchun o'z tarbiyalanuvchisi, himoyaning istalgan nuqtasida o'ynay oladigan Nachoni transfer qilishga tayyor. Undan tashqari, 33 yoshli himoyachi bilan birga 80 mln evro ham "Napoli" hisob-raqamiga borib tushadi.
Osimxen uchun hozirda "Bavariya" hamda PSJ jamoalari ham kurash olib bormoqda. Ushbu mavsumda hujumchi 29 o'yinda 25 gol va 5 assist qayd etdi.



