"Real" muxlislari uchun xushxabar

Aslanov Jasurbek
18 may 2024
Luka Modrich va Toni Kroos katta ehtimol bilan "Real"da qoladi.

Oldinroq klub ikkala futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekanligi e'lon qilingan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Real" prezidenti Florentino Peres so'nggi bir necha soat ichida Modrich va Kroos bilan muzokara o'tkazgan. Xorvatiyalik yarim himoyachi bilan bitimni uzaytirish borasida kelishib olindi. U yangi mavsumda asosiy tarkibda kamroq ko'rinish beradi.

Kroosga to'xtaladigan bo'lsak, klub u bilan kelishishga ulgurmadi. Ammo futbolchi jamoada yana bir yil qolishga yaqin turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca