

"Real Madrid" - "Inter" 2:1
Gollar: 14 - Kilian Mbappe, 23 - Federiko Valverde, 77 - Karlos Augusto
“Real Madrid”: 1. Tibo Kurtua, 16. Ibraima Konate, 4. Din Xyoysen, 17. Mark Kukurelya, 24. Denzel Dyumfris, 12. Trent Aleksander-Arnold (14. Orelen Chuameni, 79’), 8. Federiko Valverde, 5. Jud Bellingem, 7. Vinisius Junior (18. Alvaro Karreras, 87’), 21. Braim Dias (25. Yan Diomande, 79’), 10. Kilian Mbappe (19. Karlos Espi, 90+3’).
Zaxira: 13. Andrey Lunin, 26. Serxio Mestre, 22. Antonio Ryudiger, 33. Mario Rivas, 27. Tyago Pitarch, 29. Xorxe Sestero, 9. Endrik.
“Inter”: 1. Xosep Martines, 31. Yann Bissekk, 95. Alessandro Bastoni, 28. Benjamen Pavar (6. Jon Stounz, 46’), 17. Andi Diuf, 23. Nikolo Barella (8. Petar Suchich, 60’), 20. Hoqon Chalxanog'lu (7. Pyotr Zelinski, 60’), 30. Karlos Augusto (22. Genrix Mxitaryan, 83’), 21. Kyortis Jons, 10. Lautaro Martines, 9. Markus Tyuram (14. Anj-Yoan Bonni, 60’).
Zaxira: 12. Raffaele Di Jennaro, 49. Ivan Provedel, 25. Manuel Akanji, 5. Aleksandar Stankovich, 11. Luis Enrike, 94. Franchesko Espozito.
Ogohlantirishlar: 39 - Hoqon Chalxanog'lu, 80 - Din Xyoysen, 80 - Lautaro Martines, 90+4
90+4. O'yin yakunlandi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.
90. Nihoyat, Karreras maydonga tushdi. 2-3 daqiqa “Real” o'n kishi bo'lib o'ynadi.
89. Mxitaryanning zarbasini Kurtua qaytardi!
88. Qiziq holat: Vinisius zaxiraga olinayotganda biroz kechikdi, shu bois Karreras maydonga tushmadi hali. “Real” 10 kishi bo'lib o'ynayapti.
85. Yana Diomande oldinga o'tdi, Dyumfrisga uzatdi, biroq Denzel to'pni uzatishda xatoga yo'l qo'ydi.
81. Diomandening o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Martines qaytardi!
79. Xyoysen Lautaroga nisbatan xavfli o'ynadi. So'ng ikkisi biroz bahslashib ketishdi.
78. Hisob qisqardi, buyog'iga italiyaliklar o'yin haroratini oshirishadi yanada.

77. GOL! Augusto hisobni qisqartirdi! Lautaroning uzatmasini Karlos golga aylantirdi!
72. Valverdening chamasi 25 metrlardan yo'llagan o'ta kuchli zarbasidan so'ng to'pni Bissekk boshi bilan qaytardi. So'ng Yannga yordam tibbiy yordam ko'rsatildi.
71. Lautaroning bosh bilan yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.
69. Yana “Real”dan zo'r vaziyat, bu safar Dias erlatib zarba berdi, birozgina noaniq… Vini va Jud ochiq edi uzatma beraman desa…
67. Diasning uzatmasidan so'ng Mbappe zarba berdi, yana Martinesdan seyv!
63. Bastonining erlatib bergan zarbasidan so'ng Kurtua to'pni qaytardi!
60. “Inter” biryo'la uchta o'zgarishni amalga oshirdi.
58. Bellingem… bo'sh qolgan darvozani ishg'ol eta olmadi… Braimning uzatmasini Jud o'ziga to'g'rilab olib, zarba berguncha Martines yetib keldi… dahshat!
55. Kurtua!!! Avval Lautaroning zarbasini qaytardi, so'ng Kyortis tepgan to'pni ham ushlab oldi!
52. Tyuram o'ziga uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, ammo noaniq.
50. Kyortis Jons endi chap o'tkir burchakdan zarba berdi, Kurtuadan seyv!
49. Mbappe juda katta tezlikda qarshi hujumga o'tdi, darvozabon bilan birga-bir chiqdi, ammo himoyachi halaqit qilib, zarba berishda kechikdi, so'ng tepgan to'pini Martines ushlab oldi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45+1. Mbappe jarima maydonchasiga yorib kirib darvozaga zarba berdi, Martines qaytardi, so'ng Judning zarbasini ham darvozabon bartaraf etdi, Diasning zarbasi darvoza ustuniga tegdi…
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
44. Lautaroning bosh bilan yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.
42. “Real” bugun mutlaqo boshqacha, bir butun jamoa holida o'yin o'tkazayotganini ko'rmoqdamiz.
37. Statistika dahshat: darvoza tomon zarbalar - 2:9. Aniq zarbalar - 2:3.
36. Kyortis Jonsning jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi.
32. Lautaro Kurtua bilan kurashda unga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Belgiyalik posbonga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
26. Yana “Real” tezkor qarshi hujumga o'tdi, Vinisius Braimga, Dias esa Mbappega to'pni berdi, u darvozaga yakuniy zarbani bera olmadi…
24. Ikkita xato, ikkita gol. Bu YCHL!

23. GOL! Valverde hisobni oshirdi! Xosep Martines to'pni o'z darvozasi oldida nazorat qilayotganda Federiko “uchib kelib”, to'pni darvozaga joylab qo'ydi. Karius xafa bo'lmasa ham bo'ladi :)
22. Lautaro bitta uzatma bilan Kyortisni to'p bilan taminladi, uning zarbasi darvozagacha bormadi.
20. Yana pressing Madriddan, bu safar Vinisius to'pni olib qo'yib jarima maydonchasiga kirayotganda to'pni yo'qotdi.
15. Tezkor gol guvohi bo'ldik, endi buyog'iga o'yin “yonishi” aniq.

14. GOL! Mbappe hisobni ochdi! Himoyachining xatosidag so'ng to'p Kilianga keldi, uning zarbasi golga aylandi!
8. Madrid endi oldinga o'tmoqda.
3. Tyuramning jarima maydonchasi ichidan darvozaga tepgan to'pini Kurtua qaytardi!
2. Dastlabki daqiqalarda milanliklar faol, ilk hujum muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
1. O'yin boshlandi.
Uchrashuvdan avval Nepalda sodir bo'lgan vojia uchun bir daqiqalik sukut saqlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni UEFA Chempionlar ligasi 2026/2027 yilgi mavsumi umumiy bosqichining 1-turidan o'rin olgan "Real Madrid" - "Inter" uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



