Rodri "El Klasiko"dagi mag'lubiyat haqida: "Agar raqib sendan kuchliroq bo'lsa, buni tan olish kerak"

Administrator
28 okt 2026, 00:27
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Rodri Ispaniya La Ligasining 10-turi doirasida Madridning "Real" jamoasidan uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirib, o'tgan "El Klasiko"dagi kuchlar nisbatini baholadi.

Mazkur uchrashuvda Joze Mourinyu shogirdlari 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan edi.

"Agar raqib maydonda sendan kuchliroq bo'lsa, buni shunchaki to'g'ri tan olish kerak. Bu oqshom jamoamizga raqib jarima maydonchasi ichida ochiqchasiga keskinlik yetishmadi.

Hozir endigina oktyabr oyi, bu esa yaxshi holat - oldinda hali uzoq turnir masofasi turibdi. Biz mavsumning qolgan qismiga vazminlik bilan yondashib, tinimsiz mehnat qilishda davom etishimiz hamda yo'l qo'yilgan xatolarni tuzatishimiz shart", - deya Rodrining so'zlarini keltiradi Diario Sport nashri.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Diario Sport